Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atletlarimiz doping bo‘lmagan moddalardan foydalanishni bilmaydi

Atletlarimiz doping bo‘lmagan moddalardan foydalanishni bilmaydi

Foto: azathabar.com

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Yig‘ilishda sportchilarning tez tiklanib olishlari uchun farmakologik ko‘mak zarurligi qayd etilgan. Lekin, yurtimizda sport farmakologiyasi bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, yangi dori vositalarini yaratish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Bu sohada malakali mutaxassislar ham yo‘q. Ko‘pchilik atletlar doping bo‘lmagan qanday moddalardan foydalanish mumkinligini bilmaydi.

Sport federatsiyalarining birortasida ham terma jamoa a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi va tiklanish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha kompleks laboratoriya mavjud emas.

Shulardan kelib chiqib, tegishli vazirliklarga sport farmakologiyasini rivojlantirish, sport federatsiyalarida ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring