O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Usmonovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Bugun 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati a’zosi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati", "Do‘stlik" ordenlari sohibi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov 71 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Usmonovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Mirabror Zufarovich 2006-2017 yillar davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. 2013 - 2017 yillarda esa Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida ishlagan. 2015-2018 yillar davomida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasida ham prezident sifatida ish olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter