Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asossiz imtiyoz va preferensiyalar boqimandalik kayfiyatini shakllantirgan

Asossiz imtiyoz va preferensiyalar boqimandalik kayfiyatini shakllantirgan

Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha toifalari uchun teng raqobat sharoitlariga ega bo‘lgan yagona iqtisodiy makonni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi qarorda.

Shu bilan birga, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar berish yuzasidan shakllangan amaliyot quyidagilar kabi qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda: 

  • birinchidan, muayyan tarmoq yoki hududdagi alohida tashkilotlarga imtiyozlar, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar aniq mezonlarsiz hamda ularni asoslovchi shaffof mexanizmlarsiz tanlab berilishi oqibatida mazkur tashkilotlar uchun asossiz ustuvor shart-sharoitlar yaratilmoqda; 
  • ikkinchidan, ko‘plab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan davlat boshqaruvi funksiyalari qo‘shib amalga oshirilmoqda, bu esa bozorda imtiyozli maqomga ega bo‘lish uchun ma’muriy resurslardan foydalanishga va insofli raqobat prinsiplari buzilishiga olib kelmoqda; 
  • uchinchidan, individual imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda boqimandalik kayfiyati shakllanmoqda, bunday sub’yektlarning tashabbuskorligi yo‘q va ishchanlik faolligi past, shuningdek, ular ishlab chiqargan mahsulotlar raqobatbardosh emas; 
  • to‘rtinchidan, berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligini, jumladan ularning muayyan tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga amaliy ta’sirini baholashda tizimlilik mavjud emas.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring