Asosiy stavka pasaytirilgani sababi aytildi
Bugun Markaziy bank boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Markaziy bank stavka tushirilishini quyidagicha izohlagan:
«Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida «nisbatan kat’iy» fazada pul bozorida 2-3 foizlik, «qat’iy» fazada esa 4-5 foizlik real ijobiy stavkalar ta’minlashga qaratilgan pul-kredit sharoitlari yuritilishi ko‘zda tutilgan edi. Aprel-may oylarida pul bozorida 6-7 foizlik real ijobiy foiz stavkalar shakllanib, pul-kredit siyosati qat’iylik darajasining yuqori chegarasida shakllanishiga olib keldi.
Asosiy stavkaning joriy pasaytirilishi inflyasion xatarlarni jilovlashga yo‘naltirilgan «qat’iy» pul-kredit sharoitlarini saqlab qolgan holda tashqi xatarlar uchun qo‘shilgan qo‘shimcha yuklamani neytrallashtirishga qaratilgan.
Tashqi iqtisodiy sharoitlar. Savdo-hamkorlarda kuzatilgan xatarli vaziyatning iqtisodiyotimizga qisqa muddatli salbiy to‘lqinlari ortda qoldi va dastlabki baholashlardan farqli ravishda so‘nggi ikki oyda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter