Askar uyiga tobutda qaytdi. Bosh prokuratura holatni tekshiradi
Shu yilning aprel oyida Toshkent viloyatidan Qashqadaryoga armiya safiga tantanali ravishda kuzatib qo‘yilgan Ruslan Qidiraliyev bir yarim oy o‘tib uyiga tobutda qaytdi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida 18 yashar askarning o‘limiga «yurakning surunkali ishemik kasalligi. Yurak gipertrofiyasi. Kardioskleroz. Aorta va yurak toj tomirlari aterosklerozi» sabab bo‘lgani, ekspertiza tekshiruvi jarayonida marhumda «o‘tkir yurak va qon-tomirlari yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi» ko‘rinishidagi kasalliklar asoratlari aniqlangani qayd etilgan.
Kun.uz nashri surishtiruviga ko‘ra, marhumning yaqinlari bunga ishonishmayapti. «Agar o‘g‘limizda qandaydir surunkali kasallik bo‘lganida bu tibbiy ko‘riklar vaqtida aniqlanar va uni harbiy xizmatga olishmasdi», deyishmoqda marhumning ota-onasi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning qayd etishicha, «Qashqadaryodagi harbiy qismda xizmatni o‘tayotgan askar vafot etganligi holati yuzasidan Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter