Ashaddiy qoidabuzar 35 million so‘mlik jarima «ishladi»
Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi, «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Toshkent viloyati hududida tezlik bilan bog‘liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi aholi yashash (5.22 yo‘l belgisi o‘rnatilgan) joyida cheklangan tezlik 70 km/s bo‘lishiga qaramasdan, ushbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi esa 80 km/s bilan harakatlangan.
Natijada, tezlikni 36 marta me’yoridan oshirish 35 457 000 so‘m jarima belgilanishiga sabab bo‘lgan.
Bu kabi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan «Nexia» rusumli avtomobillar ham aholi yashash joyida 100 km/s. kam bo‘lmagan tezlikda harakatlanib, 12 martadan qoida buzgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda jarimalar belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter