Asalning inson organizmiga nojo‘ya ta’siri ma’lum qilindi
Shifokorlar Nikol Lindel va Lakia Raytlar «Eat This, Not That!» nashriga bergan intervyusida sog‘lom oziq hisoblangan asalning ayrim nojo‘ya ta’sirlari borligini aytishdi.
Diyetolog Lindelning fikricha, asal tishlarga zarar etkazishi mumkin. U, har qanday shakarli ovqatlar singari, tish kasalligiga olib kelishi mumkin, shuningdek, tishlarning parchalanishi (kariyes) xavfini oshiradi.
Rayt, shuningdek, asaldan foydalanish og‘izda qichishishga olib kelishi yoki allergiyaga olib kelishi mumkinligini aytdi. Buning sababi asalarilar asal to‘plashda allergiya qo‘zg‘atadigan o‘simliklardan ham foydalanadilar.
Yuqori fruktoza miqdori tufayli asal jigarida yog‘ ko‘p bo‘lgan odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
«Fruktoza jigar tomonidan metabollanadi, shuning uchun jigar kasalligi bo‘lgan odamlarga asalni iste’mol qilishni cheklash va spirtli ichimliklardan qochish tavsiya etiladi», deydi Lindel.
Avvalroq, past qon bosimining xavfi bo‘yicha ma’lumot berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter