Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asal yeng, kasal bo‘lmaysiz...

Poytaxtimizdagi «Anhor-Lokomotiv» bog‘i hududida «Asal bayrami» va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

10-dekabrgacha  bo‘ladigan «Asal bayrami»da Respublikamizning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’yektlar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etishmoqda. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan vakillar bor.

Ko‘rgazmada asalning 10 dan ortiq turi va asalarichilik mahsulotlarini namoyish etilyapti.

Shuni aytib o‘tish kerakki, so‘nggi 5 yil ichida asal ishlab chiqarish 17 ming tonnadan 35 ming tonnaga yetkazildi. Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan sub’yektlar soni ham bugungi kunga kelib 40 mingdan ziyodni tashkil etadi.

Haqiqiy asaldan tatib ko‘rish va tog‘ asali hamda boshqa o‘simliklar gullaridan olingan asallarning bir-biridan o‘zgacha ta’mini his qilmoqchi bo‘lsangiz «Asal bayrami»ga tashrif buyuring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring