Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asakabank» mansabdorlari kreditlarni o‘zlashtirishdi» xabariga rasmiy munosabat bildirildi

«Asakabank» mansabdorlari kreditlarni o‘zlashtirishdi» xabariga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: «Levencovka.ru»

«Asakabank» AJ «Buxoroda bank tizimi sobiq mansabdor shaxslari kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlandi» sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Haqiqatan ham, 2017-yilda Asakabankning sobiq mas’ul xodimlari tomonidan maqsadli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgan.

Ushbu qonunbuzarlik holati bevosita bank ichki tekshiruv-nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan bo‘lib, holatga qonuniy baho berish hamda qo‘shimcha tergov-surishtiruv va protsessual tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, aynan bank tashabbusi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan.

«Asakabank» AJ bank amaliyotlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va bu kabi holatlarga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, vaziyatni zudlik bilan huquqiy jihatdan baholash uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qiladi.

Shu bilan birga, «Asakabank» AJ yuqoridagi vaziyat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini ma’lum qiladi hamda mijozlarda noto‘g‘ri xulosa shakllanmasligi, pirovardida bank reputatsiyasiga zarar keltirmaslik uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini ushbu vaziyat yuzasidan ortiqcha «iboralarni» ishlatmaslikka chaqiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring