Asadxo‘jada ishonchli g‘alaba, A’loxon esa yutqazib qo‘ydi

Jahon chempionatida -67 kg vazn toifasida yorqin janglarni o‘tkazayotgan bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalchilar qatoriga o‘z nomini qo‘shib qo‘ydi.
Mo‘g‘ulistonlik Misheyelt Battumur bilan jang qilgan bokschimiz ishonchli tarzda bahsni o‘z foydasiga hal qildi va finalga yo‘l oldi.
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullayev debyut chempionatini bronza medali bilan yakunladi.
19 yoshli hamyurtimiz yarim finalda teng kurash ostida kechgan bahsda braziliyalik Vanderley Pereyraga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter