Arzon va ekologik toza energetikaga katta e’tibor qaratiladi
Elektr energiyasi zarurati va undan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energetikani joriy etish — barchamiz uchun global masalaga aylanmoqda.
Shundan kelib chiqib, davlatimiz tomonidan ham bu borada zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan respublikamiz hududlarida bemalol, to‘siqsiz foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Misol uchun, 2025 yilda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta hamda 2026 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 ming 600 megavattga teng bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istonda 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender davom etmoqda.
Bundan tashqari, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan.
Ta’kidlash kerakki, tizimli ishlarning amalga oshirilishi natijasida 2026 yilga borib, O‘zbekistonda umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, 868 megavatt quvvatga ega yangi gidroelektr stansiyalari ish boshlaydi.
Ijobiy siyosiy tashabbuslar, moliyalashtirishda nisbatan erkin sharoitlar natijasida yashil energetikaning rivojlanayotgani energiya va ekologik muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, energetika sohasida ishlab chiqarish ko‘lami ortib, pirovaridida yurtimizning eng olis va chekka hududlariga ham elektr energiyasi yetib boradi. Aholi elektr toki bilan uzluksiz ta’minlanadi.
Bugungi kunda ekologik muammolar sababli gidroelektr stansiyalari hamda issiqlik elektr stansiyalariga muqobil ravishda yashil energetika manbalarining ham yaratib borilishi kelgusida energiya taqchilligining oldini olish uchun zarur choralardan biriga aylanib ulgurdi. Shu sababli hududlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, quyosh va shamol elektr stansiyalari, kichik gidroelektr stansiyalarning ishga tushirib borilishi samarali yechim bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter