Arzon ekspress-test sotuvga chiqarildi

VivaDiagTM Pro SARS-CoV-2Ag ekspress-testi insonda SARS-CoV-2dan nukleokapsid oqsil antigenini tez, sifatli aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Dori-Darmon AK axborot xizmati ma’lum qildi.
Bu uy sharoitida o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rish uchun test. Ushbu test burunda to‘plangan namunalarini tampon bilan tekshirish uchun mo‘ljallangan.
Ekspress-testning bir donasi narxi 15 ming so‘m ekani, test javobini aniqlashga 15 daqiqa ketishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yurtimizga havo transporti orqali kirib kelgan barcha fuqarolar majburiy tarzda ekspress-testdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgandi. Test topshirishning qiymati O‘zR Markaziy banki kursi bo‘yicha 5 AQSh dollari miqdorida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter