Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artritdan aziyat chekyapsizmi? Unda ushbu maslahatga amal qiling

Artritdan aziyat chekyapsizmi? Unda ushbu maslahatga amal qiling

Artrit bu otoimmun kasallik bo‘lib, yoshga bog‘liq xastalik hisoblanmaydi. Chunki  endi bu faqat 45 yoshdan oshganlarga taalluqli emas. Bu bo‘g‘in va suyaklar og‘rig‘i bilan kuzatiladigan kasallik. Bunda quyosh nurlaridan kunlik to‘g‘ri bahra olish, shuningdek, zaytun moyi, ko‘k choy, qorag‘at (smorodina) va boshqa shu singari kalsiy va vitamin B12 mikroelementlari bilan ta’minlaydigan oziq-ovqatlarning mavjudligi kabi bir necha maslahatlarga amal qilish muhimdir.

Bu, asosan, ovqatlanish vaqti, oziq-ovqat tarkibi haqida qayg‘urmaydigan o‘spirin avlodlarga ko‘proq tegishlidir. Osteoporoz yosh bemorlarda ham suyaklarda kalsiy yetishmasligini anglatadi. Shu tarzda yosh bemorlarda erta artritga chalinish xavfi ortadi.

Demak, holatingizni yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan bir necha oziq-ovqatlar ro‘yxati

Qayta ishlangan shakar: shokolad, muzqaymoq, gazli ichimliklar, umuman olganda barcha shirinliklardan parhez qilganingiz ma’qul.

Qizil go‘sht: qizil go‘sht muammoingizni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu artritda yallig‘lanish manbai hisoblanadi.

Haddan tashqari tuz iste’mol qilish: konservalangan sho‘rvalar va tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lgan ovqatlardan saqlaning.

Qovurilgan ovqatlar: qovurilgan taomlar yallig‘lanishni kuchaytirishi va artritni haddan tashqari og‘irlashtirishi mumkin. Chunki ular tarkibida omega-yog‘ kislotalari ko‘p bo‘ladi.

Muntazam ravishda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar

Mevalar: quritilgan olxo‘ri, anor, uzum, shaftoli, olma, qorag‘at, mavsumiy mevalar har doim sog‘liq uchun foydali. Har bir inson umumiy salomatligini yaxshilashga yordam berish uchun muntazam meva iste’mol qilishi kerak.

Yog‘lar: zaytun moyi, baliq yog‘i suyaklar uchun juda foydali.

O‘simliklar: ashvaganda (ituzum oilasiga mansub o‘simlik) va salaki (Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Myanma, Tailand, Xitoy va Filippinda o‘sadigan palmadoshlarga mansub daraxt qatroni (smolasi) kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita) suyaklar uchun koni foyda.

Boshoqli donlar: bug‘doy, suli, makkajo‘xori, guruch, arpa.

Ziravorlar: zanjabil va sarimsoq.

Kalsiy asosan sut mahsulotlarida uchraydi, shuning uchun siz parhezingizga muntazam ravishda tvorog qo‘shishingiz kerak.

Mushaklarning yaxshi ishlashi uchun vegetarianlarga V12 vitaminiga boy mahsulotlar kerak. Bu vitamin yangi uzilgan mevalar va yashil sabzavotlarda ko‘p.

Ushbu mahsulotlar oksidlovchi stressni kamaytiradi. Bundan tashqari, bo‘g‘imlarning qattiqligi va og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi.

U.Yo‘ldoshev tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring