Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arsenal» Arshavinga atalgan tabrikni o‘chirib tashladi

«Arsenal» Arshavinga atalgan tabrikni o‘chirib tashladi

«Arsenal» klubi matbuot xizmati Tvitter sahifasida o‘zining sobiq futbolchisi Andrey Arshavinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, biroq keyin bu postni o‘chirib tashladi.

London klubi sahifasida tavallud kun arafasida Andrey Arshavinning gollari aks etgan video chop etilgan.

Videoda Arshavinning 2009-yili «Liverpul»ga urgan gollari aks etgan. Dramatik kechgan o‘yinda rossiyalik futbolchi poker qayd etgandi.

Arshavin 2009-yildan 2013-yilgacha «Arsenal»da o‘ynagan, jamoa safida jami 144 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urgan.

Futbolchi dastavval 1999-yildan 2008-yilgacha «Zenit»da o‘ynagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring