Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston va Ozarbayjon muhim kelishuvga erishdi

Armaniston va Ozarbayjon muhim kelishuvga erishdi

Armaniston va Ozarbayjon xayrixohlik belgisi sifatida o‘zaro harbiy asirlarni ozod qildi.

Gap 32 nafar arman harbiy xizmatchisi, shuningdek, ikki harbiy Ozarbayjon qurolli kuchlari vakili haqida bormoqda. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati va Armaniston bosh vaziri devoni qo‘shma bayonotida aytiladi.

Unda aytilishicha, Boku va Yerevan «munosabatlarni normallashtirish va ikki respublikaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillarini hurmat qilish asosida tinchlik shartnomasiga erishish niyatlarini yana bir bor tasdiqlaydi».

«Ozarbayjon Prezidenti ma’muriyati va Armaniston Bosh vaziri devoni o‘rtasidagi muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ozarbayjon insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda va xayrixohlik belgisi sifatida 32 nafar arman harbiy xizmatchisini ozod qilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring