Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston prezidenti rasman iste’foga chiqdi

Armaniston prezidenti rasman iste’foga chiqdi

Foto: bigasia.ru

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan rasman iste’foga chiqdi

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, prezidentning vakolatlari iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab yetti kun o‘tgach tugatiladi. Ushbu muddat ichida davlat rahbari qarorni o‘zgartirish huquqiga ega.

Sarkisyan 23 yanvar kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. U ichki va tashqi siyosatga ta’sir o‘tkazish vositalariga ega emasligini bunga sabab sifatida ko‘rsatgandi.

Shuningdek, Sarkisyan davlat rahbari lavozimini tark etish qarori hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Armaniston shunday vaziyatda yashamoqdaki, ushbu davlat prezidenti urush yoki tinchlik masalalariga ta’sir o‘tkaza olmaydigan holatga kelib qolgan. Prezident mamlakatga yordam berish imkoniyatiga ega emas, chunki unda bunga vakolat beruvchi «konstitutsiyaviy hujjat» yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring