Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida mahalliy janglar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bir-birini ayblamoqda

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida mahalliy janglar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bir-birini ayblamoqda

Armanistonning Gegarkunik viloyati, Ozarbayjon bilan chegaraning shimoli-sharqida mahalliy janglar kuzatilgan. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tonggi soat 06:00 da ham mahalliy janglar to‘xtamagan.

«28-iyul kuni soat 03:40 da Ozarbayjon Qurolli kuchlari o‘q otishni boshlab, Armaniston-Ozarbayjon chegarasining shimoli-sharqiy qismida sulh rejimini buzdilar. Mahalliy janglar davom etmoqda»,— deya xabar qiladi Armaniston mudofaa vazirligi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Armaniston qurolli kuchlarining Kelbajar mintaqasida o‘q otishi natijasida ikki ozarbayjonlik harbiy xizmatchi chegarada yaralangani haqida xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat Tog‘li Qorabog‘ masalasida 2020-yil 10-noyabrda ulhga kelishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring