Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston KXShT mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Armaniston KXShT mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2023-yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (ODKB) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Menimcha, bu yerda tushunmovchilik bor, chunki Armaniston Mudofaa vazirligi KXShT Birlashgan shtab-kvartirasiga yozma ravishda Armanistonda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish noo‘rin ekanligini ma’lum qilgan. Bu mashg‘ulotlar Armanistonda hech bo‘lmaganda bu yil bo‘lmaydi», — deydi Nikol Pashinyan.

Joriy yilning 1 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi KXShT tinchlikparvar kontingentlarining «Buzilmas birodarlik-2023» o‘quv mashg‘ulotlari Armanistonda o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Xabar qilinishicha, harbiylar shartli noqonuniy qurolli tuzilmalarni zararsizlantirish bo‘yicha harbiy harakatlar va taktik harakatlarni birgalikda rejalashtirish masalalarini ishlab chiqishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning dekabr oyida KXShT Ozarbayjon atrof-muhit faollari tomonidan to‘sib qo‘yilgan Lochin yo‘lagi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun javobgarlikdan bosh tortgandi. Tashkilot bosh kotibi Stanislav Zasning qayd etishicha, Yerevan ushbu vaziyat yuzasidan assotsiatsiyaga murojaat qilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring