«Arabxona»dagi janjal. Ota va o‘g‘il 4 kishini jarohatladi

Shu yilning 1-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi N.K. va uning o‘g‘li I.K. «Arabxona» MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida to‘rt kishini jarohatladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ota va o‘g‘il Xalqobod mahallasida yashovchi R.B. va uning ikki nafar ukasi hamda «Arabxona» mahallasida yashovchi B.B.ga o‘tkir tig‘li jism va tayoq bilan urib, jarohat yetkazishgan.
Natijada 4 nafar fuqaro kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.K. va I.K. ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter