Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning o‘z «Yevrovideniye»si paydo bo‘ladi

AQShning o‘z «Yevrovideniye»si paydo bo‘ladi

Foto: EPA-EFE/REX/Shu

Xalqaro qo‘shiqlar tanlovi — Yevrovideniyening amerikacha talqini paydo bo‘ldi. Bu haqda «Variety» xabar berdi.

AQShda o‘tkaziladigan qo‘shiqlar tanloviga American Song Contest nomi berilgan bo‘lib, ilk bellashuvlar 2021-yilga belgilangan.

«Amerikacha Yevrovideniye»da g‘oliblik uchun 50 ta shtat vakillari kurash olib boradi. Festivalda yakkaxonlar, duetlar va olti kishigacha jamlangan guruhlar qatnashishi mumkin.

Tanlov saralash, yarimfinal va final bosqichidan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning an’anaviy Yevrovideniye qo‘shiqlar tanlovi bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring