Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga vizalar berila boshlandi

AQShga vizalar berila boshlandi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi barcha turdagi vizalarni taqdim etish xizmatini qayta tikladi. 

Ayni paytda birinchi navbatda O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlarining arizalari qabul qilinadi. Ayrim norezident-arizachilardan tashqari O‘zbekistonda mehmon viza bilan bo‘lib turgan shaxslar viza olish uchun ariza topshira olmaydilar.

Tezkor suhbat uchun ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi:

  • F-1, F-2, M-1, M-2 (talabalar);
    • J-1, J-2 (almashuv dasturlari);
    • C1/D (tranzit va ekipaj a’zolari);
    • E (shartnoma bo‘yicha investor);
    • H1B/H4 (maxsus soha ishchilari);
    • I (matbuot va jurnalistlar uchun);
    • L1/L2 (kompaniyalararo ko‘chish);
    • O (noyob yutuq yoki qobilyatga ega shaxslar);
    • P (sportchilar, rassomlar va kinochilar);
    • norezidentlar: E, H1B, L, O va P.

Shuningdek, u B1/B2 biznes va sayyohlik vizasi uchun arizalarni qabul qilishni davom ettiriladi.

AQSh elchixonasi 1 oktyabrdan boshlab Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining (CDC) yangi siyosatiga muvofiq immigratsion vizalar va K-vizalarini oluvchilar uchun COVID-19ga qarshi to‘liq emlanishlari zarurligini eslatdi. Barcha murojaatchilar tibbiy ko‘rikdan oldin emlanishlari zarur.

Favqulodda vaziyat tufayli sayohat qilish zarurati tug‘ilsa, [email protected] elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring