AQShda yana maktabga hujum uyushtirildi

AQShda so‘nggi paytlarda tez-tez maktablarga hujum uyushtirilayotir. Bugun yana bir maktabda ana shunday voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.
Indiana shtatining Noblesvilli shahridagi bir maktabga qurolli hujum uyushtirildi. Voqea oqibatida 2 kishi yaralandi.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Maktab o‘quvchilari xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Avvalroq Jorjiya shtatidagi maktabda otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter