AQShda uchirilgan raketa ko‘p o‘tmay portlab ketdi (video)

Amerikaning Firefly Aerospace kompaniyasining Alpha raketasi Kaliforniyada parvozdan bir necha daqiqa o‘tgach portladi.
Uchish Vandenberg aviabazasida payshanba kuni soat 18:59 da (Toshkent vaqti bilan juma kuni 06:59) amalga oshirildi. Bu Alpha uchun birinchi sinov edi.
«Parvozning birinchi bosqichida kutilmagan holat ro‘y berdi, natijada raketa yo‘qotildi», – deyiladi kompaniyaning izohida.
Spaceflight Now portali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash raketa uchirilganidan 2,5 daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter