Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda tornado qurbonlari soni ortdi. To‘rt oylik chaqaloq ham halok bo‘lgan

AQShda tornado qurbonlari soni ortdi. To‘rt oylik chaqaloq ham halok bo‘lgan

AQShning markaziy qismida o‘nlab tornadolar oqibatida kamida besh kishi, jumladan, to‘rt oylik chaqaloq halok bo‘ldi.

O‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qoldi.

Oklaxomada to‘rt kishi halok bo‘ldi, shtatning ko‘plab hududlarida favqulodda holat e’lon qilindi.

Ayniqsa, Oklaxoma shtatidagi Salfer shahri qattiq zarar ko‘rdi, u yerda vayron bo‘lgan uylar va ag‘darilib ketgan mashinalar tasviri avvalroq namoyish qilingandi. Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin odam jarohat olgan.

Ayova shtatida ham bir kishi halok bo‘ldi.

Juma kuni AQShda tornadolar boshlandi. Shanba kuni AQSh ob-havo xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi tornadolarning shamol tezligi soatiga 218 km dan oshdi.

Bir necha shtatlarda bir necha soat ichida 18 sm gacha yomg‘ir yog‘gan bo‘ronlar kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring