Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Isroilga bomba yetkazib berishdan cho‘chiyapti

AQSh Isroilga bomba yetkazib berishdan cho‘chiyapti

Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qarshi quruqlikdan hujum uyushtirayotgan bir paytda AQSh Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi.

Bu haqda Amerika OAVlari AQSh ma’muriyatidagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror Rafahning aholi zich joylashgan hududlariga snaryadlar tashlab yuborilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli qabul qilingan.

Gap 1,8 ming — 900 kilogrammlik bomba va 1,7 ming — 225 kilogrammlik bombalarni Tel-Avivga yetkazish haqida ketmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Oq uy kelajakda yetkazib berishni qayta tiklash yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bir kun avval The Wall Street Journal Vashington Isroilga qurollar sotishni keyinga surgani haqida xabar bergan edi.

7 may kuni ertalab Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum uyushtirgan edi.

Isroil harbiylari G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Rafah punkti ustidan nazorat o‘rnatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring