AQShda qum bo‘roni oqibatida 100 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

AQShning Illinoys shtatida chang bo‘roni vaqtida yuzga yaqin avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ko‘rish nolga teng bo‘lgan sharoitda avtomagistral yo‘lda 40-60 ta yengil avtomobil va 30 ga yaqin yuk mashinasi to‘qnashib ketgan, ulardan ikkitasi yonib ketgan.
«Hozirda bizda kasalxonaga yuborilgan 30 dan ortiq jabrlanuvchi haqida ma’lumot bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan», – deyiladi shtat politsiyasi bayonotida.
Qayd etilishicha, hodisaga kuchli shamol sabab bo‘lgan. Bo‘ron dalalardagi tuproqlarni uchirib, yo‘lda haydovchilarning ko‘rish qobiliyatini pasaytirib yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter