Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda poyezdlar to‘qnashdi, qurbonlar bor

AQShda poyezdlar to‘qnashdi, qurbonlar bor

Janubiy Karolinada yuk poyezdi va yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

«Amtrak» kompaniyasining Nyu-York va Mayami orasida qatnovchi yo‘lovchi tashuvchi poyezdi Janubiy Karolinada yuk poyezdi bilan to‘qnashgan. Natijada lokomotiv va oldingi vagonlar relsdan chiqib ketgan. Poyezd bortlarida 147 ta yo‘lovchi bo‘lgan.

Hukumat rasmiylarining ma’lumot berishicha, jami 70 yo‘lovchi turli darajada jarohatlangan.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring