AQShda mudhish jinoyat yuz berdi, hodisa irqiy mojaro deyilmoqda
AQShning Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridagi supermarketda sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgan.
Politsiya buni irqiy nafratdan kelib chiqqan jinoyat deya hisoblamoqda.
Voqea joyida 18 yoshli yigit qo‘lga olingan. Politsiya hali uning ismini oshkor qilmagan.
Gumonlanuvchi shanba kuni tushdan keyin gavjum supermarketga kirib, o‘t ochgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hujumni onlayn translyasiya qilish uchun kameradan foydalangan.
«Biz bu voqeani irqiy sabablarga ko‘ra zo‘ravonlik ekstremizmi sifatida tekshirmoqdamiz», deydi Buffalodagi FQB vakili Stiven Belongia matbuot anjumanida.
Gumonlanuvchi shaharning asosan qora tanli aholi yashaydigan hududiga yetib borish uchun bir necha soat yo‘l bosib kelgani aytilmoqda. Buffalo politsiyasi komissari Jozef Gramaglianing aytishicha, qurbonlarning aksariyati afro-amerikalikdir. Shuningdek, supermarketning uch xodimi jabrlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter