Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Gonduras prezidentining akasi qo‘lga olindi

AQShda Gonduras prezidentining akasi qo‘lga olindi

Gondurasning amaldagi prezidenti Xuan Orlando Ernandes.

Gondurasning amaldagi prezidenti Xuan Orlando Ernandesning akasi Xuan Antonio Ernandes Mayamida qo‘lga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. 

Prezidentning matbuot xizmati xabar qilishicha, davlat rahbari bundan xabardor va bu holatga hech qanday ta’sir o‘tkazish niyati yo‘q.

«Prezident va hukumat fuqaro Xuan Antonio Ernandesga nisbatan har qanday gonduraslik kabi, har kim o‘z harakati uchun o‘zi javobgarlikka ega va bu javobgarlik hech qachon boshqa insonga yuklanmaydi, degan pozitsiyada», - deyiladi xabarda.

Murojaatnomada prezidentning akasi nima sababdan qo‘lga olingani aytilmagan. Ammo OAVda uning narkotik moddalar savdosiga aralashuvi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Prezident akasi Mayamidan Nyu-Yorkdagi sudga olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring