Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda cho‘ntak kompyuteri yaratildi

AQShda cho‘ntak kompyuteri yaratildi

Oddiy fleshkani eslatadigan kompyuter.

Foto: «RIA Novosti»

AQShning «Q-Stick» kompaniyasi o‘lchami brelokdek keladigan cho‘ntak kompyuterini yaratdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Mini-gadjet 7 soniyadan kamroq vaqt mobaynida «Windows», «Android» yoki «Linux» amaliy tizimlarini ishga tushirib, istalgan televizorni shaxsiy kompyuterga aylantirish imkonini beradi.

Qurilma bazali jamlanma va Pro talqinida mavjud. Gadjet «Intel HD» grafikasi, shuningdek, 4K potok uzatishini qo‘llab-quvatlaydi. Bundan tashqari, kompyuter 8 gigabayt tezkor xotira, Bluetooth, WiFi, bir necha USB, shuningdek, xotira kartasi uchun ulagich bilan ta’minlangan.

Kompyuterni «IndieGoGo» raudfanding servisidan sotib olish mumkin. Qurilmaning bazaviy talqini 129 dollar, «Blaze Pro» talqini esa 179 dollardan baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring