Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh xavfsizlik vaziri tunab ketildi

AQSh xavfsizlik vaziri tunab ketildi

Foto: Peoples.ru

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Vashington markazidagi restoranga oilasi bilan kechki ovqatlanishga kelgan paytida tunab ketildi. Hodisa 20-aprel kuni sodir bo‘lgan, deb xabar berdi The New York Times.

Videokuzatuv kamerasidagi tasvirlarga ko‘ra, tibbiyot niqobidagi noma’lum erkak uning sumkasini olib restorandan chiqib ketgan. Holbuki, Noem qo‘riqchilari bilan kelgan edi.

Xabarga ko‘ra, Noemning pasporti, haydovchilik guvohnomasi, xizmat ruxsatnomasi, uyining kalitlari, bo‘sh cheklari, taxminan uch ming dollari va boshqa narsalari o‘g‘irlangan.

Kristi AQSh ichki xavfsizligi uchun mas’ul vazirlikni boshqaradi. Xususan, chegara nazorati va immigratsiya, terrorchilikdan himoyalash va kiberxavfsizlik uning zimmasiga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring