AQSh sobiq prezidenti shifoxonaga tushdi
AQSh sobiq prezidenti, 93 yoshli katta Jorj Bush infeksiya tushishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Bushlar oilasining rasmiy vakili Jim Makgratga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qildi.
«U hozir davolanyapti, ahvoli ham yaxshilanmoqda», — deya ma’lum qilgan Makgrat «Twitter»dagi sahifasida.
«CNN» ma’lumotiga ko‘ra Bushda sepsis kasalligi aniqlangan.
Katta Jorj Bush 1989-1993-yillarda AQShni boshqargan. O‘tgan hafta u bilan 73 yil hayot kechirgan turmush o‘rtog‘i Barbara Bush vafot etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter