AQSh sanksiyalari ortidan Eron rekord darajada inflyasiyaga to‘qnash keldi
AQSh qo‘llayotgan sanksiyalar oqibatida Eron neft daromadlarining qariyb yarmidan ayrildi — bu inflyasiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda.
«Interfaks» agentligi «TradingEconomics» ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, Eronda aprel oyida iste’mol narxlari o‘tgan yilga nisbatan 51,4 foizga qimmatlashdi. Mart oyiga solishtirilganda esa, inflyasiya 3,9 foizga tezlashib, 1995-yil dekabridan beri rekord ko‘rsatkich qayd etildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hammadan ko‘p qimmatlashdi — 84 foiz. Kiyim-kechak, poyabzal, transport xizmatlari narxlari yarim baravarga oshgan.
Milliy valyuta — rial kursi «qora bozor»da o‘tgan to‘rt oy davomida 17 foizga qadrsizlandi va neft eksporti kamayishiga hamohang pasayishda davom etmoqda. Eron bir yil avval kuniga 2,3 mln. barreldan neft sotgan bo‘lsa, aprel oyida eksport kuniga 1 millionga yetmadi. AQSh xomcho‘tlariga ko‘ra, cheklovlar oqibatida Eron iqtisodiyoti qariyb 10 mlrd. dollar yo‘qotdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter