Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdan Rossiyaga qarshi yangi choralar: «Pobeda» cheklovga tushdi

AQShdan Rossiyaga qarshi yangi choralar: «Pobeda» cheklovga tushdi

AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida 29 nafar jismoniy va 250 dan ortiq yuridik shaxsga cheklovlar joriy etdi. Bu haqda G‘aznachilik veb-saytida ma’lum qilindi.

Jumladan, Rossiya, Xitoy, BAA, Turkiya, Ozarbayjon kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etilgan. 

Bundan tashqari «Pobeda» aviakompaniyasi AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, chunki kompaniya «Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti sektorida Rossiyaning harbiy-sanoat bazasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan» faoliyat bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, LANIT korporatsiyasi, Ural avtomobil zavodi, Bryansk avtomobil zavodi, Yaroslavl motor zavodi, shuningdek Sibantrasitlar guruhi tuzilmalari - «Sibantrasit issiqlik tarmog‘i» MChJ, «Razrez Kolivanskiy» OAJ, «Sibantrasit boshqaruv kompaniyasi» MChJ sanksiyalarga duchor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlariga, Mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot institutlariga cheklovlar qo‘ygan. 

Shuningdek, ro‘yxatga 29 nafar jismoniy shaxs, jumladan, Ozarbayjon fuqarosi ham kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring