Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh prezidentining Osiyoga safari boshlandi

AQSh prezidentining Osiyoga safari boshlandi

AQSh prezidenti Jo Bayden Osiyo bo‘ylab safarini boshlagan. U dastlab Janubiy Koreyaga borgan, hozir esa Yaponiyada bo‘lib turibdi.

Tokioda Bayden Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashgan. Tomonlar o‘zaro hamkorlik, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat, Rossiya sanksiyalari, Xitoy siyosati va KXDR raketalari bo‘yicha muhokamalar olib borishgan.

Baydenning Yaponiyaga safari 24 mayga qadar davom etadi. U imperator Naruxito bilan ham uchrashadi. Ertaga esa Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiya to‘rt tomonlama muloqot bo‘yicha sammitda qatnashadi.

Yaponiyadan oldin AQSh rahbari Janubiy Koreyaga borgan va koreys prezidenti bilan uchrashgan. Bayden yangi prezidentning familiyasini noto‘g‘ri aytib, uni sobiq rahbar Mun Chje In bilan adashtirib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya 23-27 may kunlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga safar qiladi. O‘zbekistonda 23-25 may kunlari bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring