AQSh oxirgi yetti yildagi eng yirik evakuatsiyaga tayyorlanmoqda
Ikki hafta avval 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan va katta talofat yetkazgan «Helen» to‘fonidan so‘ng, AQShga yana bir kuchli bo‘ron yaqinlashmoqda.
«Milton» to‘foni kuchayib, 5-toifaga aylangan. Florida shtati oxirgi yetti yil ichidagi eng yirik evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sky News ma’lumotiga ko‘ra, Milliy to‘fonini kuzatish markazi yangi prognoz chiqardi. Unga ko‘ra, Meksika ko‘rfazidan 285 km/soat tezlikdagi shamol bilan harakatlanayotgan to‘fon Orlandoga qadar yetib borishi kutilmoqda.
Shuningdek, sinoptiklar mintaqa tarixidagi eng baland, 2,4–3,6 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar va keng ko‘lamli toshqinlar haqida ogohlantirmoqda. Bu tabiiy ofat ikki hafta avvalgi halokatdan zarar ko‘rgan hududlarni yana qayta urab olishi va o‘sha zararni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Floridada favqulodda holatlar boshqarmasi direktori Kevin Gatri aholini 2017 yilgi Irma to‘fonidan keyingi eng yirik evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter