Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh nega neft eksportini taqiqlagandi?

AQSh nega neft eksportini taqiqlagandi?

Foto: «Linkedin.com»

2017-yilda AQSh qora oltinni xorijga sotish hajmini deyarli ikki baravar ko‘paytirib, sutkasiga 1,1 million barrel neft eksport qildi. Bu haqda «Reuters» AQShning energetika ma’lumotlari boshqarmasiga tayanib ma’lum qildi.

O‘tgan yili eksport hajmi qazib olish, infrastrukturani rivojlantirish va narxlar o‘zgarishi tufayli ko‘paygan. Shuningdek, 2016-yilda AQSh 27 mamlakatga «qora oltin» sotgan bo‘lsa, 2017-yilda ularning soni 37 tani tashkil etgan.

Eksportning yangi yo‘nalishlaridan biri Hindiston bo‘ldi. Avvalari bu davlat AQShdan neft xarid qilmagan.

Kanada AQShdan o‘tgan yili jami eksport qilingan neftning 29 foizini sotib olgan (2016 yilda — 61 foiz). Ikkinchi eng yirik import qiluvchi mamlakat Xitoy bo‘ldi — 20 foiz.

AQSh 2015-yildan buyon neftni eksport qilishni qayta boshlagan. 1975 yilda mamlakatda energetik inqiroz tufayli xorijga sotilishi taqiqlab qo‘yilgandi. 1973-yilda barcha arab davlatlari Isroilni urushda qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga «qora oltin»ni yetkazishdan bosh tortgandan so‘ng dunyoviy inqiroz boshlangan. O‘shanda neft bahosi barreliga 3 AQSh dollaridan 12 AQSh dollarigacha ko‘tarilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring