Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh ilk bor Isroilga qarshi sanksiya kiritadi

AQSh ilk bor Isroilga qarshi sanksiya kiritadi

Bir necha kun ichida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Netsax Iyeguda bataloniga qarshi G‘arbiy Sohilda inson huquqlarini buzgani uchun sanksiyalar e’lon qiladi, deb xabar berdi Axios.

Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Isroil bo‘linmasiga qarshi sanksiyalar kiritadi.

Batalon SAXALning ultra-radikal maxsus bo‘linmasi sanaladi.

Qaror Davlat departamentining G‘arbiy Sohildagi batalon harakatlarini tekshirgan maxsus komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan. Tekshiruv 2022 yil oxirida guruhning falastinlik tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar tufayli boshlangan.

Sanksiyalar batalon va uning xodimlarining AQSh harbiy yordamini olishiga yoki amerikalik instruktorlardan ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu X ijtimoiy tarmoqda armiya XAMASga qarshi kurashayotgan bir paytda armiya bo‘linmasiga qarshi sanksiyalar joriy etilishini «bema’nilik va ma’naviy tanazzul cho‘qqisi» deb atadi.

Tergov sabablaridan biri falastinlik 78 yoshli amerikalik Umar Asadning 2022 yil yanvarida vafot etgani bo‘lgan. Netsax Iyeguda bataloni askarlari uni G‘arbiy Sohil qishlog‘idagi nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lga olishdi. Erkak tekshiruvdan bosh tortdi. Keyin qo‘liga kishan solib, sovuqda qoldirishdi. Umar Asadning jasadi bir necha soatdan keyin topildi; u yurak huruji natijasida vafot etdi. Oqibatda kki zobit ishdan bo‘shatildi, biriga tanbeh berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring