Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ikkinchi jahon urushi paytida ishlatgan dasturini Ukrainaga qo‘llamoqchi

AQSh Ikkinchi jahon urushi paytida ishlatgan dasturini Ukrainaga qo‘llamoqchi

Foto: AFP

AQSh Senati prezident Jo Baydenga Ukrainaga qurol yetkazib berish va boshqa yordamlarni tezlashtirish uchun Lend-liz dasturidan foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Qonun loyihasi Senatga 2022 yilning yanvarida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan bir oy avval kiritilgan. Senatorlar uni 6 aprel kuni qabul qilishdi.

Hujjat AQSh prezidentining standart byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa muhim yuklarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzish vakolatlarini kengaytiradi.

Ushbu qonun loyihasi qurol-yarog‘ uchun to‘lovni keyinchalik qaytarish sharti bilan bepul berishga ruxsat etadi.

Endi hujjat Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Ma’qullansa, imzolash uchun prezidentga yuboriladi.

Lend-liz dasturi Ikkinchi jahon urushi paytida yaratilgan bo‘lib, Qo‘shma Shtatlarga ittifoqchilarga qurol, oziq-ovqat va strategik xom ashyoni tezda jo‘natish imkonini berdi.

Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2,3 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan, shundan 1,6 milliard dollari urush boshlanganidan keyin amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring