Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni «qora ro‘yxati»ga kiritmadi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni «qora ro‘yxati»ga kiritmadi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlik borasida ijobiy o‘zgarish qilmagan «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatiga kiritmadi.

O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan 2020 yilda chiqarilgan va unga qayta kiritilmagani, Diniy qo‘mitaga ko‘ra, ijobiy holdir.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat departamenti tomonidan har yili «Xalqaro diniy erkinlik» to‘g‘risidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotgani monitoring qilib boriladi. Myanma, Xitoy, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlar diniy erkinlikning o‘ta jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun alohida tashvishli davlatlar sifatida baholanmoqda.

Jazoir, Ozarbayjon, Markaziy Afrika Respublikasi, Qamar orollari va Vetnam diniy erkinliklarning jiddiy buzilishida ishtirok etayotgani uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring