Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh bilan Germaniya o‘rtasida mojaro kelib chiqayozdi

AQSh bilan Germaniya o‘rtasida mojaro kelib chiqayozdi

Foto: «AP Photo / Thomas Kienzle»

AQShning Arizona shtatida mashg‘ulot o‘tayotgan Bundesverning elita bo‘linmasidan ikki nafar harbiy xizmatchining haddan tashqari maxfiy xatti-harakati diplomatik mojaroni keltirib chiqarishiga bir bahya qoldi, deb yozadi «Der Spiegel».

Manyovrlarda qatnashgan ikki jangchi favqulodda vaziyatlarda yoki koronavirusga chalinganda shifokorlar nemis askarlariga yordam berish-bermasligini tekshirib ko‘rish maqsadida mahalliy shifoxonaga borishgan.

Ammo klinikaga tashrif buyurganlar tibbiyot xodimlarining iltimosiga binoan o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etmaganliklari sababli ularni shifoxonaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan terrorchilar deb o‘ylashgan. Shifoxona xodimlari shubhali tashrif buyuruvchilar to‘g‘risida tezda FQBga xabar berishgan.

Federal qidiruv byurosi Germaniyaning Vashingtondagi elchixonasi bilan bog‘langan. Ammo u yerdagilar ham o‘ta maxfiyligi sababli Arizonada nemis maxsus kuchlarining mashg‘ulotlari haqida bilishmagan. Berlinga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilganlaridan so‘ng vaziyat oydinlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring