Poytaxtda sinov tariqasida «aqlli» bekat va pulli avtoturargohlar tashkil etiladi
![Poytaxtda sinov tariqasida «aqlli» bekat va pulli avtoturargohlar tashkil etiladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3286427745.jpg)
Toshkentning Bobur va Furqat ko‘chalarida «aqlli» bekatlar sinovdan o‘tkaziladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bunday bekatlarda mobil qurilmalarni quvvatlantirish, Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish hamda elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bekat videokuzatuv tizimi bilan ham jihozlanib, yanada kengroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi. Shuningdek, velosiped va samokatlar uchun bepul turargohlar tashkil etiladi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/67/720__re-qE421wBZdQL4Tzt0pXVcxbrPlE12v.jpg)
«Bu mazkur manzilda yo‘l bo‘yida to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashi va kikshering foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi poytaxt ma’muriyati bayonotida.
Shuningdek, hokimlik yuqorida tilga olingan ko‘chalarda rejalashtirilgan ishlar haqida keyingi nashrlarda batafsil to‘xtalib o‘tishga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter