Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antiseptikdan vafot etgan qizning onasi ishlab chiqaruvchini sudga berdi

Antiseptikdan vafot etgan qizning onasi ishlab chiqaruvchini sudga berdi

Foto: «Depositphotos / Toeytoey»

AQShda sanitayzerni iste’mol qilganidan so‘ng vafot etgan ayolning onasi kompensatsiya to‘lashni talab qilib dezinfeksiyalovchi vosita ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi, deya ma’lum qildi KSDK telekanali.

Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli Kayla Stagner 2020-yil 30-may kuni Missuri shtati Sent-Luis shahar atrofida joylashgan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Sud da’vosiga ko‘ra, ichkilikka ruju qo‘ygan ayol bir necha mililitr Blumen Advanced Instant Sanitizer antiseptikini ichgan. Sud tib ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u o‘tkir metanol bilan zaharlanish natijasida vafot etgan.

Hujjatlarga ko‘ra, antiseptik tarkibida etanol qayd etilgan. Ushbu sanitayzer o‘rniga esa mahsulot qadog‘ida ko‘rsatilmagan hayot uchun xavfli metanol bo‘lgan.

«Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘l uchun dezinfeksiyalovchi vosita tarkibida halokatli darajada metanol bo‘lgan... Uni muayyan miqdorda yutish o‘limga olib keladi», — deyiladi sud da’vosida.

Stagnerlar oilasi 75 ming dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring