Antimonopol qo‘mitasi metan gazi narxi bo‘yicha bayonot berdi
Ayrim avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshganligi yuzasidan xabar berildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-sonli qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ayrim avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarini oshirilganligi yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan bugungi kunda 1 kub m metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘z navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilinadi, deyiladi qo‘mita xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter