Antimonopol qo‘mita «UZBAT»ga qarshi ish ochdi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirilishi davomida tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan «LYFT» mahsulotining reklama qilinganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan reklama beruvchi «UZBAT A.O.» QK AJ va reklama tarqatuvchi «Abdullayev A.A.» yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atilgan.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter