«Anor statistikasi»: qaysi viloyatlar bu mevani eksport qilishda yetakchi?
O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna anor eksport qilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Anor eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 6 ming tonna
- Qozog‘iston – 5,6 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 2,1 ming tonna
- Tojikiston – 1,2 ming tonna
- Ukraina – 477 tonna
Xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 5,5 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 3,1 ming tonna
- Toshkent viloyati – 2,1 ming tonna
- Xorazm viloyati – 1,3 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter