Anomal sovuq «Afrosiyob» poyezdini ishdan chiqardi
Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sababli bugun, 13 yanvar kuni «Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi 765-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida nosozlik yuzaga keldi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poyezd «Malik» bekatida to‘xtatilgan.
Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zahira «Afrosiyob» elektropoyezdi jo‘natilgan.
Avvalroq kuchli sovuq oqibatida poyezdlar harakati o‘zgarishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter