Angrendagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi
![Angrendagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1734260404.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahridagi ko‘pqavatli uyning tomida sodir bo‘lgan yong‘in videolari tarqaldi.
Hodisa yuzasidan FVV axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28 sentyabr kuni soat 12:42 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahar 4-dahada joylashgan to‘rt qavatli 11-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon texnikasi soat 12:48 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:30 da bartaraf etilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter