Angren shahriga vaqtincha hokim tayinlandi
Jasurbek Zayniddinovga Toshkent viloyati Angren shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turish yuklangan.
Zoyir Mirzayev farmoyishi bilan Nuriddin Abdurahimov vafot etganligi munosabati bilan Angren shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Zayniddinov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Angren shahrining sobiq hokimi 11 may kuni vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter