Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angren shahri hokimining audiosi tarqaldi

Angren shahri hokimining audiosi tarqaldi

Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli, deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Unda hokimning bo‘ralab so‘kayotgani va bir tadbirkorni «qamoqqa tiqib qo‘ygani» aytiladi.

Toshkent viloyati hokimligi ushbu holatda audiodagi ovoz egasi haqiqatan ham Angren shahar hokimi Alisher Raimov ekanligini tasdiqladi.

Holat bo‘yicha viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi chaqirilgan.

Komissiya Angren shahri hokimining xatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 595-sonli qarori me’yorlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.

«Komissiya xulosasi asosida viloyat hokimi tegishli qaror qabul qiladi. Komissiya xulosasi va viloyat hokimining qarori rasmiy veb saytimizda e’lon qilinadi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring